platina.uz
Sport

Prezident “Navbahor” futbol akademiyasiga bordi

Yoshlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida “Navbahor” akademiyasi uch yil muddatga dunyoning yetakchi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berildi. 

Prezident “Navbahor” futbol akademiyasiga bordi

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida “Navbahor” futbol akademiyasiga tashrif buyurib, bu yerda yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oʻquv-mashgʻulot jarayonlari bilan tanishdi.

Namangan viloyati oʻzining boy futbol anʼanalari va iqtidorli futbolchilari bilan mamlakatimizda alohida oʻrin tutadi. Yosh avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida “Navbahor” akademiyasi uch yil muddatga dunyoning yetakchi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berildi.

"Ayaks" dunyodagi eng mashhur akademiya hisoblanadi (1900 yilda tashkil etilgan) va oʻz tarbiyalanuvchilarini Yevropaning mashhur klublariga oʻtkazish orqali har yili oʻrtacha 50-70 million yevro daromad oladi.

Kelishuvga asosan, klublar oʻrtasida qoʻshma oʻsmirlar futbol akademiyasi tashkil etilib, oʻzbekistonlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash boʻyicha “Ayaks”ning boshqaruv modeli joriy etiladi.

Hozirgi kunda akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritib, mahalliy yoshlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlash ishlarini olib boryapti.

Prezidentimiz akademiya infratuzilmasi, mashgʻulot maydonlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni koʻzdan kechirdi. Shuningdek, yosh futbolchilar va xorijiy mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning orzu-intilishlari va kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari akademiya tarbiyalanuvchilari bilan suratga tushdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid