Ish haqi, pensiya va stipendiyalar oshiriladi
2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi.

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 soʻm;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 soʻm;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoshgacha boʻlgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 soʻm;
- oilaning 2-farzandi uchun qoʻshimcha – 177 000 soʻm;
- oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha – 118 000 soʻm;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 soʻm etib belgilandi.
2026 yil 1 sentabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 soʻm etib belgilandi.
2026 yil 1 sentabrdan:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 soʻm etib belgilandi.
