Fransiya Iroqni ayab oʻtirmadi, Iordaniya gʻalabani qoʻldan chiqardi
Norvegiya esa Senegalni yengishda qarshilikka duch keldi. Uchrashuvda beshta gol urildi.

JCh-2026 musobaqasining 2-turida Fransiya Iroqqa qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarni Kilian Mbappe (dubl) va Usman Dembele kirishdi. Shu tariqa, Fransuzlar guruhda 6 ochko toʻplagan holda keying bosqich yoʻllanmasini hal qildi.
Fransiya — Iroq 3:0.
Yana bir oʻyinda Norvegiya Senegal qarshiligiga duch keldi.
Pedersen va Xollandning uchta goliga Senegal ikkita gol bilan javob berdi.
Norvegiya — Senegal 3:2
J" guruhidan oʻrin olgan Iordaniya va Jazoir oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida osiyoliklar hisobni ochdi. Nizar Mahmud tomonidan kiritilgan gol birinchi boʻlimda yagona boʻldi.
Ikkinchi boʻlimda esa Jazoir terma jamoasi aʼzolari Nadir Benbuali va Amin Guiri gol urib, jamoasiga gʻalaba taqdim etdi. Shu tariqa, Jazoir mundialdagi ilk gʻalabasini Iordaniya ustidan qoʻlga kiritdi.
Uchinchi turda Iordaniya Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Jazoir esa Avstriya bilan toʻqnash keladi.
Iordaniya — Jazoir 1:2
