Bugun Shavkat Mirziyoyev Namanganga boradi
Prezident bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilgʻor yechimlar bilan tanishadi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlat rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilgʻor yechimlar bilan tanishadi.
Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
