Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga taʼziya bildirdi
Doha yaqinidagi Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash majmuasida sodir boʻlgan kuchli portlash va yongʻin yuz berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash majmuasida sodir boʻlgan kuchli portlash va yongʻin oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
21 iyun kuni kechqurun Qatarning Doha shahri yaqinidagi Ras Laffan (Ras Laffan) sanoat zonasida joylashgan, davlatga qarashli QatarEnergy kompaniyasining gaz uzatish inshootida kuchli portlash va ortidan yirik yongʻin yuz berdi.
Natijada kamida 13 kishi hayotdan koʻz yumgan. Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, qurbonlarning barchasi xorijlik ishchilar (Hindiston va Pokiston fuqarolari) boʻlgan.
66 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
