platina.uz
JCh-2026

Kabo-Verde sensatsiya koʻrsatishda davom etadi, Saudiya Arabistoni yirik hisobda magʻlub boʻldi

Eron esa bir kishi kam boʻlib qolgan Belgiya bilan murosa koʻchasini tanladi. 

Kabo-Verde sensatsiya koʻrsatishda davom etadi, Saudiya Arabistoni yirik hisobda magʻlub boʻldi

JCh-2026 doirasida navbatdagi oʻyinlar boʻlib oʻtdi.

H guruhi 2-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

JCh, H guruhi, 2-tur

Ispaniya — Saudiya Arabistoni 4:0

Gollar: 11 - Lamin Yamal, 21, 24 - Mikel Oyarsabal, 49 - Xassan Al-Tambakti (avtogol).

JCh-2026 "G" guruh 2-tur doirasidagi Belgiya — Eron oʻyini boʻlib oʻtdi.

Bahs 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Belgiya terma jamoasi himoyachisi Natan Ngoy 67-daqiqada raqibini birga-bir vaziyatga chiqib ketishdan toʻxtatib qolgani uchun maydondan chetlatildi.

Belgiya-Eron 0:0

"G" guruhidan oʻrin olgan Misr va Yangi Zelandiya oʻrtasidagi bahs yakunlandi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Yangi Zelandiya vakili Finn Serman hisobni ochdi. Bahsning 58-daqiqasida esa mirliklar yarim himoyachisi Mustafo Ziko hisobni tenglashtirdi. Bahsning 67-daqiqasida Muhammad Saloh hisobni misrliklar foydasiga oʻzgartirdi. Ucharshuvning 82-daqiqasida esa Mahmud Hassan hisobni 3:1 koʻrinishga keltirdi. Shu tariqa, misrliklar Yangi Zelandiyani 3:1 hisobida magʻlub etdi va turnir jadvalida 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

"G" guruhining ikkinchi tur yakuniga koʻra, Misr terma jamoasi 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko bor, Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan turnir jadvalining soʻnggi oʻrnida ketmoqda.

3-turda Eron Misr bilan toʻqnash kelsa, Belgiya Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi.

Yangi Zelandiya — Misr 1:3

Gol: Surman 15 — Ziko 58, Saloh 67, Hassan 82.

2026 yilgi jahon chempionatining "H" guruhi 2-turidan oʻrin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Oʻyin AQShning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda norvegiyalik Espen Eskos bosh hakamlik qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Urugvay - Kabo-Verde 2:2.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid