platina.uz
Siyosat

Abdulla Aripov Qirgʻizistonga bordi

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilinadi va bir qator hujjatlar imzolanadi. 

Abdulla Aripov Qirgʻizistonga bordi

Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻizistonga ishchi tashrif bilan bordi. Bu haqda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uni Issiqkoʻl xalqaro aeroportida Bosh vazir Adilbek Qosimaliyev kutib oldi.

3 iyun kuni Qosimaliyev va Aripov hamraislik qiladigan Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 12-yigʻilishi tor va kengaytirilgan tarkibda boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilinadi va bir qator hujjatlar imzolanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid