Yaponiya Tunisni tor-mor etdi, Kyurasao tarixiy ochkoni qoʻlga kiritdi
Germaniya esa Kot-d'Ivuar qarshiligini sindirishda qiynaldi.

JCh-2026 F guruhi 2-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.
JCh, F guruhi, 2-tur
Niderlaniya — Shvetsiya 5:1
Gollar: 5, 17 - Brayan Brobbi, 47, 54 - Kodi Gakpo, 59 - Entoni Elanga, 89 - Krisensio Sammervill.
JCh-2026 E guruhi, 2-turidan oʻrin olgan uchrashuv yakunlandi. Germaniya oʻz raqibini zoʻrgʻa magʻlub etdi.
JCh, E guruhi, 2-tur
Germaniya - Kot-d'Ivuar 2:1
Gollar: 30 - Frank Kesse, 68, 90+4 - Deniz Undav.
Ekvador va Kyurasao oʻrtasidagi uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.
Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, Dik Advokat shogirdlari mundiallardagi ilk ochkosini qoʻlga kiritdi.
JCh-2026. E guruhi. 2-tur
21 iyun. Kanzas Siti. «Arrowhead Stadium»
Ekvador — Kyurasao 0:0.
"F" guruhidan oʻrin olgan Tunis va Yaponiya bahsi yakunlandi.
Uchrashuv 4:0 hisobida osiyoliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvni 4-daqiqada Daichi Kamada gol urdi va hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Ayase Ueda hisobni 2 taga oshirdi va shu hisob bilan birinchi boʻlim yakunlandi. Ikkinchi boʻlimning 69-daqiqasida Dzyunya Ito hisobni yirik koʻrinishga keltirgan boʻlsa, bahs yakuniga 6 daqiqa qolganida Ayase Ueda dubl qayd etib, hisobni yanada yirik koʻrinishga keltirdi.
Tunis terma jamoasi bugungi magʻlubiyatdan soʻng guruhdan chiqish imkonini yoʻqotdi.
Tunis - Yaponiya 4:0
Gollar: Daichi Kamada 4', Ayase Ueda 31', 84', Dzyunya Ito 69'.
