Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Prezidenti bilan uchrashdi
Qozogʻiston yetakchisiga Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.

Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 21 iyun kuni Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

“Qozogʻiston biz uchun shunchaki qoʻshni yurt emas, balki yaqin doʻst, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir.
Qosim-Joʻmart Kemelevichga iliq qabul va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik-birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash borasidagi qatʼiy intilishlari uchun chuqur minnatdorlik izhor qilaman”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
