platina.uz
Jahon

Rossiyada maktab oʻquvchilariga arab tili oʻqitiladi

Darslar yangi oʻquv yilidan boshlanadi. Rossiyalik rasmiylar bu haqda BAA vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qilgan. 

Rossiyada maktab oʻquvchilariga arab tili oʻqitiladi

Rossiya maktab oʻquvchilari 1 sentabrdan arab tilini oʻrganishni boshlaydilar.

​Rossiya taʼlim vaziri Sergey Kravsov yangi oʻquv yilining 1 sentabr kunidan boshlanadigan rus maktablarida arab tili dasturini tasdiqladi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

​"Rossiya maktablarida arab tili dasturi tasdiqlandi va yangi oʻquv yilining 1 sentabridan boshlanadi", deb eʼlon qildi Kravsov BAA taʼlim vaziri Sara bint Yusef al-Amiri va BAAning Rossiyadagi elchisi Muhammad Ahmad Aljaber bilan ishchi uchrashuvda.

​Tomonlar Moskva viloyatidagi Primakov gimnaziyasida joylashgan Shayxa Fotima bint Muborak taʼlim markazi faoliyatini muhokama qilishdi.

Taʼlim muassasasi ikki mamlakat prezidentlarining buyrugʻi bilan tashkil etilgan va taxminan ikki yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Sergey Kravsov taʼkidlaganidek, bu davrda markaz arab tili olimpiadasini boshladi.

​Bundan tashqari, rus xalq ertaklari, Rossiya haqidagi kitob va rus yozuvchilarining asarlari tayyorlandi va arab tiliga tarjima qilindi. Ushbu nashrlar BAAga sovgʻa qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid