platina.uz
Jamiyat

Oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda boʻlgan shaxslar Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Hozirgi vaqtda qoʻlga olinganlar zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan. 

Oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda boʻlgan shaxslar Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda boʻlgan shaxslar Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Interpolning Toshkent va Abu Dabi shaharlaridagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan xalqaro miqyosda Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan jinoyatchilarni topshirish masalasi hal etildi.

Ushbu shaxslar Oʻzbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirildi.

Ushbu fuqarolar oʻta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qidiruvga berilgan edi.

Xorijiy hamkorlar va Oʻzbekiston tomonining kelishilgan saʼy-harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxslar Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilib, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelindi.

Hozirgi vaqtda qoʻlga olinganlar zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan. Kelgusida ular sud oldida javob beradi va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jazo belgilanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid