platina.uz
JCh-2026

AQSh keyingi bosqich masalasini hal qildi, Braziliya yirik hisobda gʻalaba qozondi

Oʻzbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar ishlagan uchrashuvda esa Marokash ustun keldi. Turkiya Paragvayga yutqazib, murakkab vaziyatga tushib qoldi. 

AQSh keyingi bosqich masalasini hal qildi, Braziliya yirik hisobda gʻalaba qozondi

Jahon chempionati doirasida navbatdagi oʻyinlar boʻlib oʻtdi.

JCh-2026 "D" guruh 2-tur doirasidagi AQSh — Avstraliya oʻyini yakuniga yetdi.

Unda gʻalabaga erishgan AQSh termasi mundial pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

AQSh - Avstraliya 2:0

Gollar: Kemeron Byordjess (11-oʻz darvozasiga, 1:0), Aleks Friman (43, 2:0).

JCh-2026ning 2-turi doirasidagi Shotlandiya - Marokash uchrashuvi yakuniga yetdi.

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar ishlagan uchrashuvda Afrika qitʼasi vakillarining gʻalabasi kuzatildi.

Shotlandiya - Marokash 0:1

Gollar: Ismail Saybari (2, 0:1).

C guruhi 2-turi doirasidagi Braziliya - Gaiti uchrashuvi yakunlandi.

JCh, C guruhi, 2-tur

Braziliya - Gaiti 3:0

Gollar: 23, 36 - Mateus Kunya, 45+3 - Vinisius Junior.

Turkiya va Paragvay oʻyinida esa paragvayliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Gol ikkinchi daqiqada kiritildi.

Birinchi boʻlim oxirida paragvayliklar 10 kishi boʻlib qoldi, ammo Turkiya bundan foydalana olmadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid