platina.uz
Jamiyat

Yer uchastkasiga nisbatan uch baravar soliq boʻyicha yangilik eʼlon qilindi

Ushbu qoida 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. 

Yer uchastkasiga nisbatan uch baravar soliq boʻyicha yangilik eʼlon qilindi

Yer uchastkalari egalari uchun yangilik eʼlon qilindi.

Prezident Xalq qabulxonasiga soliq toʻlovlari, xususan, yer soligʻidan norozilik boʻyicha aholidan doimiy ravishda koʻplab murojaatlar kelib tushayotgan edi. Jumladan, 2025 yilda 2965 ta, 2026 yilda 2796 ta murojaat yoʻllangan.

Endilikda, yangi tartibga koʻra, koʻplab fuqarolarning muammosiga yechim topilib, ilgari qoʻllanilgan soliq stavkalari qayta hisoblanadigan boʻldi.

Gap nimada?

Soliq kodeksining 437-moddasi 10-qismiga asosan, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida hisoblanar edi.

2026 yil 15 iyun kuni Prezident tomonidan imzolangan va Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, endi 437-moddaning 10-qismida nazarda tutilgan yuqoridagi qoida 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, yaʼni yangi tartib ushbu davrda yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid