platina.uz
JCh-2026

Xames Rodriges Oʻzbekiston haqida: "Ular oʻziga ishonsa koʻp narsalarga erisha oladi"

UFCʼning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov esa jamoa guruhdan chiqishi kerak deb hisoblaydi. 

Xames Rodriges Oʻzbekiston haqida: "Ular oʻziga ishonsa koʻp narsalarga erisha oladi"

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Jahon chempionatida oʻzaro oʻyindan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Oʻzbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

— Ha, ular jismonan kuchli, bardoshli jamoa. Ular himoyada mahkam oʻynashadi. Oʻylaymanki, agar ular oʻzlariga koʻproq ishonishsa, yaxshi natijalarga erishishlari mumkin", dedi Rodriges Fontour nashriga bergan intervyusida.

Kecha, 18 iyun kuni Kolumbiya 2026 yilgi Jahon chempionati K guruhining birinchi bosqichida Oʻzbekistonni 3:1 hisobida magʻlub etdi.

UFCʼning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Oʻzbekiston terma jamoasining 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidagi istiqbollari haqida oʻz fikrini bildirdi.

Rossiyalik sportchi Oʻzbekiston terma jamoasi turnirning guruh bosqichidan chiqishga deb hisoblaydi.

"Ularning yetakchisi Xusanov bor. Jamoa oʻzini koʻrsatishni juda xohlaydi. Menimcha, ular hech boʻlmaganda guruh bosqichidan oʻtishlari kerak", dedi Nurmagomedov Okko Sport nashriga bergan intervyusida.

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi oʻynaydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid