platina.uz
Jamiyat

Respublikaning 8 ta tibbiyot markazida narxlar maqbullashtiriladi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2026 yil aprel oyidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlari oʻrganildi. 

Respublikaning 8 ta tibbiyot markazida narxlar maqbullashtiriladi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2026 yil aprel oyidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning may oyiga qadar 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, jumladan:

- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Dastlabki natijalarga koʻra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish boʻyicha belgilangan talablarga toʻliq rioya etilmagani aniqlandi.

Shu munosabat bilan oʻrganish oʻtkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, oʻrganishlar yakuni boʻyicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid