platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda sudya yordamchisi xizmat xonasida ushlandi

U MIBda faoliyat yurituvchi fuqarodan 2,5 ming dollar olayotganda ushlangan. 

Qashqadaryoda sudya yordamchisi xizmat xonasida ushlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanmoqchi boʻldi.

​Xususan, u Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi boʻlimida joriy yilning may oyidan faoliyat yurita boshlagan fuqaroni goʻyoki oʻzining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyganligini roʻkach qilib hamda kelgusida uni oʻziga maqbul boʻlgan tumandagi MIBga oʻtkazib qoʻyishini aytib, evaziga 2500 AQSh dollari talab qilgan.

​Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi soʻralgan pul mablagʻini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

​Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid