Oʻzbekiston AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuvni olqishladi
TIV kelishuvni hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq deb atadi.

Oʻzbekiston Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolanganini olqishladi.
TIV kelishuvni hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq deb atadi.
"AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada koʻrsatgan siyosiy irodasi va uzoqni koʻra bilishini alohida eʼtirof etamiz. Erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yoʻlidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ushbu muhim oʻzaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qoʻshgan Pokiston va Qatarning katta hissasini, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz", deyiladi bayonotda.
Oʻzbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi.
