Kanada va Shveysariya gollar shousini taqdim etdi
Mezbon Meksika pley-off yoʻllanmasini hal qildi, Qatar yirik hisobda magʻlub boʻldi.

JCh-2026 turniri doirasida navbatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Meksika pley-off yoʻllanmasini hal qildi, Qatar sharmandali tarzda magʻlub boʻldi.
Dastlab Chexiya - JAR bahsi yakuniga yetdi. Unda durang qayd etildi.
Chexiya - JAR 1:1
18 iyun 21:00
Gollar: Mixal Sadilek (6, 1:0), Teboxo Mokoena (83-pen, 1:1).
"A" guruhining 2-turidan oʻrin olgan Meksika va Janubiy Koreya bahs mezbonlarning gʻalabasi bilan tugadi.
Bahsdagi yagona golni 50-daqiqada Luis Romo kiritdi.
Shu tariqa, amerikaliklar 2 ta turdan soʻng guruhda 6 ochko toʻplagan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi. Koreyaliklarning hisobida esa 3 ta ochko bor.
Meksika keyingi turda Chexiyaga qarshi bahs olib borsa, Koreya Respublikasi JAR bilan toʻqnash keladi.
Meksika - Janubiy Koreya 1:0
Gol: 50 - Luis Romo
JCh-2026ning 2-turi doirasidagi Kanada - Qatar bahsi yakuniga yetdi.
Kanada - Qatar 6:0
Gollar: Sayl Larin (16, 1:0), Jonatan Devid (29, 2:0), Jonatan Devid (45+3, 3:0), Natan-Dilan Saliba (64, 4:0), Muhammad Al-Mannai (75, 5:0, oʻz darvozasiga), Jonatan Devid (90+2, 6:0).
Shveysariya - Bosniya va Gersegovina oʻyinida ham yirik hisob qayd etildi.
Shveysariya - Bosniya va Gersegovina 4:1
Gollar: Yoxan Mandzabi (74, 1:0), Ruben Vargas (84, 2:0), Yoxan Mandzabi (90, 3:0), Ermin Maxmich (90+3, 3:1), Granit Jaka (90+7-pen, 4:1).
