platina.uz
Jamiyat

Xorazmda hokim yordamchisi qoʻlga olindi

U Toshkent gumanitar fanlar universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, 1 400 dollar olayotganda ushlangan.  

Xorazmda hokim yordamchisi qoʻlga olindi

Oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan hokim yordamchisi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Hazorasp tumani “Ziyolilar” MFY hokim yordamchisi I.R. fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid