platina.uz
Iqtisod

Toshkentda ikkilamchi uy bozorida narxlar qimmatladi

Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi aprel-may oylarida narxlarda keskin oʻzgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy taʼsirni baholash uchun 2026 yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim boʻladi. 

Toshkentda ikkilamchi uy bozorida narxlar qimmatladi

Toshkent uy-joy bozori boʻyicha yangi tahlil eʼlon qilindi. Unga koʻra, ikkilamchi bozorda deyarli barcha segmentlarda yillik narxlarning oʻsishi kuzatildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2026 yilning may oyida Toshkent shahridagi koʻp qavatli uy-joylar narxi va bozor faolligi tahlil qilindi.

Uy-joy bozorida kichik va oʻrta xonali segmentlarda narx nisbatan barqaror saqlanmoqda. Ammo 4+ xonali xonadonlarda oylik narxlar pasayishi kuzatildi.

Birlamchi bozorda narxlarning oylik oʻzgarishi:

3 xonali — +2,7%

1 xonali — +1,1%

2 xonali — −1,1%

4+ xonali — −1,5%

Ikkilamchi bozorda narxlarning oylik oʻzgarishi

1 xonali — +5,8%

2 xonali — +0,6%

3 xonali — +0,5%

4+ xonali — −1,5%

Markazga yaqin hududlarda toʻliq taʼmirlangan uylar narxi yuqoriligicha qolmoqda.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar boʻyicha 1 m² uchun oʻrtacha taklif narxlari tumanlar kesimida farqlanmoqda:

Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulugʻbek: $1298 -$2162,

Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnabod: $1188-$1928,

Uchtepa, Olmozor, Sirgʻali: $909-$1400.

Taʼmir turiga va hududiga koʻra xonadonlarning oʻrtacha 1 m2 narxlari oʻrtasidagi farq turlicha shakllanmoqda:

Toʻliq taʼmirlangan:

Birlamchi bozorda:

Mirobod — $2 137/m²

Sirgʻali — $1070/m²

2,0 baravar tafovut

Ikkilamchi bozorda:

Mirobod — $1 853/m²

Sirgʻali — $984/m²

1,9 baravar tafovut

Oʻrta taʼmirlangan:

Birlamchi bozorda:

Mirobod — $2 122/m²

Uchtepa — $1037/m²

2,0 baravar tafovut

Ikkilamchi bozorda:

Mirobod — $1 531/m²

Sirgʻali — $955/m²

1,6 baravar tafovut

Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi aprel-may oylarida narxlarda keskin oʻzgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy taʼsirni baholash uchun 2026 yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim boʻladi.

Tahlillar OLX.UZ ochiq eʼlonlari asosida tayyorlangan boʻlib, undagi narxlar taklif narxlarini aks ettiradi; yakuniy bitim narxlari bundan farq qilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid