platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Germaniya Birinchi xonimlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Elke Byudenbender Oʻzbekistonda inklyuziv jamiyatni barpo etish, professional taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha islohotlarni yuqori baholadi.  

Oʻzbekiston va Germaniya Birinchi xonimlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Germaniya Birinchi xonimlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Germaniya Birinchi xonimi Elke Byudenbenderning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastlab oliy martabali mehmonga Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab faoliyati taqdim etildi. Xususan, xabning inklyuziv kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, yoshlarni, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan koʻnikma va mutaxassisliklarga oʻqitish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha batafsil taqdimot oʻtkazildi.

Shuningdek, xabning oʻquv ustaxonalari va loyihalari bilan tanishildi, tahsil olayotgan oʻquvchilar bilan muloqot qilindi.

Elke Byudenbender Oʻzbekistonda inklyuziv jamiyatni barpo etish, professional taʼlim tizimini takomillashtirish hamda yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid