Oʻzbekiston JChda ilk golini urdi, biroq magʻlubiyatga uchradi
Uchrashuvning 41-daqiqasida kolumbiyaliklar hisobni ochdi. Lekin ikkinchi taymda Abbosbek Fayzullayev hisobni tenglashtirdi.

Meyexikoda Oʻzbekiston vva Kolumbiya termalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida kolumbiyaliklar hisobni ochdi. Lekin ikkinchi taymda Abbosbek Fayzullayev hisobni tenglashtirdi.
Durang uzoq davom etmadi, Luis Dias 65-daqiqada hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi.
Soʻnggi daqiqalarda kolumbiyaliklar yana gol urdi. Oʻyin 1:3 hisobida yakunlandi.
Shuningdek, Jahon chempionati L guruhi 1-turidan oʻrin olgan Angliya va Xorvatiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.
JCh, L guruhi, 1-tur
Angliya — Xorvatiya 4:2
Gollar: 12 - Xarri Keyn, 36 - Martin Baturina, 42 - Xarri Keyn, 45+5 - Petar Musa, 47 - Jud Bellingem, 85 - Markus Rashford.
Guruhning yana bir oʻyinida Gana Panamani kichik hisobda yutdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 90+5 daqiqada Yirenki tomonidan urildi.
