Oʻzbekiston guruhida sensatsiya: Portugaliya Kongoni yuta olmadi
Portugaliya Joao Nevesning tezkor goli evaziga hisobni ochdi, lekin taym oxirida gol oʻtkazib yubordi.

2026 yilgi FIFA jahon chempionatida Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi oʻyin sensatsion natija bilan yakunlandi.
K guruhining birinchi oʻyini Texas shtatining Xyuston shahridagi NRG stadionida boʻlib oʻtdi va 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Portugaliya Joao Nevesning tezkor goli evaziga hisobni ochdi. Kongolik Ioann Viss hisobni tenglashtirdi.
Hujumchi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Argentina terma jamoasi Lionel Messidan keyin oltinchi Jahon chempionatida oʻynagan ikkinchi oʻyinchi boʻldi. 41 yoshli hujumchi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi toʻliq oʻyin oʻtkazdi.
Durang ikkala jamoaga ham bittadan ochko toʻplash imkonini berdi. Guruhning ikkinchi oʻyini Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻrtasida kechadi.
