Hududlar boʻyicha oʻtkazilmagan shaxsiy qabullar boʻyicha maʼlumot berildi
16-17 iyun kunlari Oʻzbekiston boʻylab 493 ta shaxsiy qabul oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shundan 345 tasi amalda oʻtkazilgan.

Respublika Xalq qabulxonasi rejalashtirilgan, ammo oʻtkazilmagan shaxsiy qabullar sonini eʼlon qildi.
2026 yil 16-17 iyun kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman-shahar hokimliklari rahbariyati tomonidan 493 ta shaxsiy qabul oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shundan 345 tasi amalda oʻtkazilgan.

Shaxsiy qabullarda aholidan kelib tushgan murojaatlar soni – 924 ta. Shundan:
- ijobiy hal etilgani – 104 ta;
- huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingani – 70 ta;
- tushuntirish berilgani – 7 ta;
- koʻrib chiqish jarayonida – 758 ta.
Shuningdek, shaxsiy qabullar oʻtkazilmagan hududlar quyidagilar:
Toshkent viloyatida 34 ta;
Xorazmda 21 ta;
Samarqandda 16 ta;
Toshkent shahrida 15 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 11 ta;
Buxoroda 11 ta;
Jizzaxda 10 ta;
Surxondaryoda 9 ta;
Fargʻonada 9 ta;
Namanganda 8 ta;
Navoiyda 4 ta.
