platina.uz
Siyosat

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi

Prezident tomonidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani Oliy sud raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida Senatga taqdimnoma kiritildi. 

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.

Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Baxtiyor Islomovni Oʻzbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Baxtiyor Islomov 2022 yil avgustdan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Prezident tomonidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani Oliy sud raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida Senatga taqdimnoma kiritildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid