Qardosh davlatlar hukumat rahbarlari Oʻzbekiston termasiga omad tiladi
Ertaga Oʻzbekiston Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Qardosh davlatlar hukumat rahbarlari Oʻzbekiston terma jamoasiga omad tiladi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvlar chogʻida qardosh davlatlar hukumat rahbarlari futbol boʻyicha jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.
Xususan, Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev kecha Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionatida muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Ertaga Oʻzbekiston Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.
