Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
2026 yil may oyida umumiy inflyatsiya yillik 5,5 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaydi.

Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 17 iyundagi yigʻilishi yakunlari eʼlon qilindi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.
2026 yil may oyida umumiy inflyatsiya yillik 5,5 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaydi.
Umumiy inflyatsiya 2026 yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy oʻsish prognozi esa 7–7,5 foiz darajasida saqlab qolindi.
Joriy yilning iyun oyidan energiya resurslari tariflarining oshirilishi inflyatsiyaga qisqa muddatli taʼsirga ega boʻladi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan boʻlib qoladi.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026 yil 29 iyul kuniga belgilangan.
