platina.uz
Siyosat

Germaniya prezidenti Oʻzbekistonga keldi

​Muzokaralar davomida bir qator yangi qoʻshma loyihalar va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Germaniya prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi bilan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

"​Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazirning oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlari oʻrtasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston-Germaniya koʻp qirrali munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

​Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va yashil texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga, taʼlim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratadilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashiladi.

​Muzokaralar davomida bir qator yangi qoʻshma loyihalar va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid