Fargʻonadagi yongʻinda ikki kishi halok boʻldi
Qarovsiz noturar bino va 3 ta avtomobil ("Labo", "Hyundai", "Mercedez-Benz" rusumli) yonib zararlangan. Yana uch kishi shifoxonaga yotqizildi.

Fargʻona viloyatining Yozyavon tumanida sodir boʻlgan yongʻinda ikki kishi halok boʻldi.
16 iyun kuni Fargʻona viloyati FVBga "112" tizimi orqali, Yozyavon tumani "Soy boʻyi" MFY hududida avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yongʻinni bartaraf etishgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, "Soy boʻyi" MFYda joylashgan noturar qarovsiz binoning 60 kv.m maydoni va 3 ta avtomobil ("Labo", "Hyundai", "Mercedez-Benz" rusumli) yonib zararlangan.
Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Birlamchi maʼlumotga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida 2 nafar fuqaro halok boʻlgan, 3 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB masʼul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar masʼullari chiqishgan.
