platina.uz
Jamiyat

Toshkentda IIO boʻlinma boshligʻi pora bilan ushlandi

U tadbirkorga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini tugatib berish evaziga jami 7,5 ming dollar soʻragan. 

Toshkentda IIO boʻlinma boshligʻi pora bilan ushlandi

Toshkentda IIO boʻlinma boshligʻiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati, IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Jumladan, Shayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv boʻlimi boʻlinma boshligʻi oʻzining mansabdor tanishlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilish evaziga 7 ming AQSh dollari va unga tegishli restoranda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida mazkur muassasa ishchisining kuyish jarohati olganligi yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun 500 AQSh dollari, jami 7,5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs oldindan 2,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid