platina.uz
Jamiyat

Toshkent koʻchalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Koʻcha Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “Oʻzbek-turk doʻstligi” xiyoboniga yondosh hududda boʻladi. 

Toshkent koʻchalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

“Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–226-son, 15.06.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, koʻcha Toshkent shahri Yashnobod tumanida boʻladi.

Tumanda barpo etilayotgan “Oʻzbek-turk doʻstligi” xiyoboniga yondosh boʻlgan Abdulla Qodiriy koʻchasining bir qismiga (Istiqbol, Fargʻona yoʻli va Nukus koʻchalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi va Mahtumquli shohkoʻchasi kesishmasigacha) Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid