platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Bayram Begay muzokara oʻtkazdilar

Oʻzbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va Oʻrta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari oʻrganiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Bayram Begay muzokara oʻtkazdilar

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

Ikki davlat oʻrtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu sammit alohida ahamiyatga ega ekanini, uning ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

Siyosiy muloqot va turli darajadagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlar bir-birini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Tovar ayirboshlashni kengaytirishga, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm hamda boshqa muhim sohalarda keng koʻlamli kooperatsiya dasturini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va Oʻrta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari oʻrganiladi.

Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyani tashkil etish va uning birinchi yigʻilishini joriy yilda Toshkent shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.

Madaniy-gumanitar sohada tomonlar oʻzaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, koʻrgazma va ijodiy safarlarni tashkil etish muhimligini taʼkidladilar.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid