platina.uz
Jamiyat

Qidiruvdagi shaxsning ijara xonadonidan narkotik moddalar topildi

Samarqandda esa giyohvandlik moddalarini 10 ming dollarga sotayotganlar ushlandi.

Qidiruvdagi shaxsning ijara xonadonidan narkotik moddalar topildi

Toshkent va Samarqandda narkotik moddalar savdosi fosh etildi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (“Kontrabanda”) va 273-moddasida (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab...) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 2025 yildan buyon qidiruvda boʻlgan, 1992 y.t. shaxs ushlandi va u tomonidan ijaraga olingan xonadon xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, xonadon oshxonasidagi muzlatgich ichida 151 gr “opiy” va hojatxona shaxtasi ichida 4 kg 971 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotiklar qoʻshni davlatdan kontrabanda qilingan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va Chegara Qoʻshinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Urgut tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 2003 y.t. 2 nafar fuqaro shartli xaridorga 932 gr “gashish” va 2,5 gr “opiy” moddalarini 10 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid