Osiyo jamoalari raqibni qiynashda davom etmoqda, Belgiya zoʻrgʻa magʻlubiyatdan qutilib qoldi
Eron Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining G guruhi 1-turidan oʻrin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻtkazildi.
Uchrashuv AQShning Sietl shahridagi "Lyumen Fild" stadionida boʻlib oʻtdi.
Oʻyinda 1:1 hisobida durang natija qayd etildi.
"G" guruhidan oʻrin olgan Eron va Yangi Zelandiya oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda Yangi Zelandiya jamoasi 2 marta oldinga chiqib olishga erishgandi, biroq eronliklar har ikki golga javob bera olishdi.
Bahsning 7-daqiqasida Elaydja Jast hisobni ochdi. Birinchi boʻlimning 2-yarimida esa eronliklar hisobni tenglashtirishga erishdilar. Eronliklarning joriy JChdagi ilk golini Ramin Rezayan urdi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga durang natijasi bilan chiqishdi. Ikkinchi boʻlimning boshida Jast yana gol urdi va uchrashuvda dubl qayd etdi. Biroq eronliklar yana tezda javob qaytarishdi. Bu safar eronliklardan Moxebi gol urdi. Shu tariqa, uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Jahon chempionati birinchi turidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoni - Urugvay uchrashuvida durang qayd etildi.
Saudiya Arabistoni - Urugvay 1:1
Gol: Abdulloh Al Amri 41, Maks Arauxo 80.
