AQSh strategik neft zaxirasi 1983 yildan beri eng past darajaga tushdi
Zaxira Donald Tramp maʼmuriyati uchun muhim vositaga aylanib, yoqilgʻi narxlarining oshishini toʻxtatish va iqtisodiyotga bosimni yumshatishga yordam berdi.

AQSh strategik neft zaxirasi miqdori 1983 yildan beri eng past darajaga tushdi.
Oʻtgan hafta AQSh rasmiylari yana 8,9 million barrel neft chiqardilar va umumiy zaxirani 340,3 million barrelga yetkazdilar. Bu koʻrsatkich 2023 yil iyul oyidagi avvalgi eng past koʻrsatkichdan kamroq.
CNN taʼkidlashicha, Strategik neft zaxirasi oxirgi marta 1983 yil iyul oyida, Ronald Reygan maʼmuriyati zaxirani endigina tashkil etayotgan paytda kamroq neft saqlagan. Kanalga koʻra, zaxira Donald Tramp maʼmuriyati uchun muhim vositaga aylanib, yoqilgʻi narxlarining oshishini cheklashga va iqtisodiyotga bosimni yumshatishga yordam berdi.
Zaxiraning operatsion quvvatini taʼminlash uchun Amerika neft zaxirasi rahbari Mayk Sommers ilgari uning kamida 20% toʻlishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi.
Hozirda zaxiraning yarmidan sal kamroq qismi toʻlgan.
