platina.uz
Sport

Yaponiya Niderlandiya bilan jangovar durang qayd etdi, Shvetsiya Tunisni ayamadi

Germaniya esa JCh debyutantiga yettita gol urdi. 

Yaponiya Niderlandiya bilan jangovar durang qayd etdi, Shvetsiya Tunisni ayamadi

JCh-2026 "E" guruh 1-tur doirasidagi Germaniya — Kyurasao oʻyini yakunlandi.

JCh-2026. Ye guruhi. 1-tur

Germaniya — Kyurasao 7:1

Gol: 6 - Nmecha (Virs), 21 - Lokadiya, 38 - Shlotterbek (Braun), 45+5 - Kay Xaverts (penalti), 47 - Musiala (Yozua Kimmix), 68 - Nataniel Braun (Deniz Undav), 78 - Deniz Undav (Yozua Kimmix), 88 - Kay Xaverts (Deniz Undav).

JCh-2026 "F" guruhidan oʻrin olgan Niderlaniyad hamda Yaponiya terma jamoalari oʻrtasidagi 1-tur bahsida murosa tanlandi.

Jahon chempionati, “F” guruhi

Niderlandiya - Yaponiya 2:2

Gol: Virjil van Deyk 51, Keito Nakamura 57, Sammervill 64, Daichi Kamada 89.

"F" guruhidan oʻrin olgan Tunis va Shvetsiya oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Birinchi boʻlimda muxlislar uchta gol koʻrishdi. Shvedlar safida Ayyari va Isak gol urgan boʻlsa, boʻlim soʻnggiga yaqin Rekik hisobni bittaga qisqartirdi. 59-daqiqada tunisliklar himoyachisining qoʻpol xatosidan soʻng Viktor Dyokeresh hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi. Bahsning 86-daqiqasida Mattias Svanberg hisobni yirik koʻrinishga keltirdi. Uchrashuv yakuniga bir necha soniya qolganida esa Yasin Ayari uzoqdan super gol urdi va hisobni yanada yirik koʻrinishga keltirdi. Shu tariqa, uchrashuv 5:1 hisobida yakunlandi.

Jahon chempionatining "E" guruhidan oʻrin olgan Kot-d’Ivuar va Ekvador jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida afrikaliklar futbolchisi Adama Diallo tomonidan kiritilgan yagola gol Kot-d’Ivuarga muhim gʻalabani taqdim etdi.

Kot-d'Ivuar - Ekvador 1:0

Gol: 90 - Adama Diallo.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid