platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi kurash masalasini shaxsan nazoratiga olganini maʼlum qildi

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish boʻyicha qonunni imzoladi. 

Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi kurash masalasini shaxsan nazoratiga olganini maʼlum qildi

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan toʻgʻridan-toʻgʻri zarba.

Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash koʻzda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu masalani shaxsan oʻz nazoratiga olganini bildirdi.

"Bu kurashda chetda tomoshabin boʻlib turishga hech kimning haqqi yoʻq. Zero, juda koʻp narsa oʻzimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq boʻlmagan har bir insonga bogʻliq", deydi Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid