platina.uz
Iqtisod

Jismoniy shaxslar 10 ming dollargacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin boʻladi

​Chet eldagi investitsiya faoliyati boʻyicha maʼlumotlar rezidentlar tomonidan har chorakda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Banklar esa ushbu maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Markaziy bankka yuboradi.

Jismoniy shaxslar 10 ming dollargacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin boʻladi

Jismoniy shaxslar 10 ming dollargacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin boʻladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Kapital harakati operatsiyalari boʻyicha tartiblar soddalashtirilmoqda.

​Yangi tartib kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini soddalashtirish, raqamlashtirish va rezidentlar uchun chet elga investitsiya kiritish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.

​Xususan, amaldagi jurnal shaklida hisob yuritish amaliyotidan voz kechilib, kapital harakati operatsiyalarining hisobi raqamlashtirilgan holda “Valyuta operatsiyalarini hisobini yuritish” axborot tizimida yuritiladi.

​Natijada kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratiladi. Endilikda bunday operatsiyalar faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali emas, balki belgilangan tartibda istalgan xizmat koʻrsatuvchi bank orqali amalga oshirilishi mumkin boʻladi.

​ Yangi tartibga koʻra, ayrim holatlarda chet elga investitsiya kiritish uchun oldindan alohida ruxsat olish talab etilmaydi.

​Jumladan, bir kalendar yili davomida:

​- ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shoʻʼba tashkilotlari 100 ming AQSh dollarigacha, davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonalar esa 200 ming AQSh dollarigacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari;

​- ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shoʻʼba tashkilotlari 50 ming AQSh dollarigacha, davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonalar esa 100 ming AQSh dollarigacha chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlashi;

​- jismoniy shaxslar 10 ming AQSh dollarigacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin boʻladi.

​Shuningdek, kapital harakati operatsiyasi shartlariga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtirilib, 10 kun muddatda bankka taqdim etilishi lozim.

​Chet eldagi investitsiya faoliyati boʻyicha maʼlumotlar rezidentlar tomonidan har chorakda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Banklar esa ushbu maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Markaziy bankka yuboradi.

​Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF–254-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan xorijdagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini toʻldirish faqat litsenziyaga ega investitsiya vositachilari orqali amalga oshiriladi.

Mazkur oʻzgarishlar kapital harakati operatsiyalari boʻyicha hisob yuritish jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va raqamli shaklga oʻtkazish, shuningdek, rezidentlar uchun amaliy qulayliklarni oshirishga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid