Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekistonga keladi
Tashrif davomida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi mavzusi muhokama qilinadi.

Germaniya prezidenti Oʻzbekistonga keladi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Osiyoga besh kunlik safar qiladi. Prezident devoni maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida Indoneziya, Filippin vva Oʻzbekistonga keladi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi mavzusi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Shtaynmayerga turmush oʻrtogʻi hamda biznes delegatsiyasi hamrohlik qiladi.
Bu yerda prezident Germaniyaning GP Günter Papenburg qurilish kompaniyasi filialiga va boshqa bir qator obʼektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
