platina.uz
Siyosat

Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi

Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va Albaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida 16-17 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va Albaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, “yashil” energetika va turizm kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish ham koʻrib chiqiladi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, koʻp tomonlama platformalar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturi doirasida Albaniya Prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid