platina.uz
Jamiyat

Hokimlar va oʻrinbosarlarining shaxsiy qabul vaqtlari eʼlon qilindi

Shaxsiy qabullar jadvallari joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga oʻrnatilib, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilib boriladi. 

Hokimlar va oʻrinbosarlarining shaxsiy qabul vaqtlari eʼlon qilindi

Prezident topshirigʻiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va oʻrinbosarlari tizimli ravishda hududiy Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabullar oʻtkazadi.

Shaxsiy qabullar jadvallari joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga oʻrnatilib, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilib boriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining shaxsiy qabullari vaqtlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi - har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi - har oyning ikkinchi va toʻrtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;

Toshkent shahar hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi payshanba kunlari soat 15:00 – 17:00;

Andijon viloyati hokimi - har shanba kuni soat 10:00 – 16:00;

Buxoro viloyati hokimi - har oyning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi shanba kunlari soat 10:00-12:00;

Jizzax viloyati hokimi - har shanba kuni soat 9:00-17:00;

Qashqadaryo viloyat hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi shanba kunlari soat 11:00 – 14:00;

Navoiy viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi seshanba kunlari soat 10:00 – 12:00;

Namangan viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;

Samarqand viloyati hokimi - har juma kuni soat 10:00 – 12:00;

Sirdaryo viloyati hokimi - har dushanba kuni soat 9:00 – 11:00;

Surxondaryo viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi shanba kunlari soat 14:00 – 17:00;

Toshkent viloyati hokimi - har juma kuni soat 14:00 – 15:00;

Fargʻona viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi payshanba kunlari soat 11:00 – 13:00;


Xorazm viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi juma kunlari soat 10:00 – 12:00.
Obʼektiv sabablar tufayli shaxsiy qabullar oʻtkazish imkoni boʻlmaganda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va belgilangan tartibda oldindan eʼlon qilinadi.

Ularning oʻrinbosarlari qabullarining vaqtlari bilan ushbu havola orqali keltirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid