Braziliya Marokashni yuta olmadi, Avstraliya Turkiyani magʻlubiyatga uchratdi
Osiyo vakili Qatar Shveysariyaga qarshi oʻyin oxirida magʻlubiyatdan qutulib qoldi.

JCh-2026 ning "D" guruhidan oʻrin olgan Avstraliya va Turkiya terma jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi.
JCh-2026. D guruhi. 1-tur
Avstraliya — Turkiya 2:0
Gol: Nestori Irankunda 27, 1:0, Konor Metkalf 75, 2:0
"C" Guruhidan oʻrin olgan Shotlandiya va Gaiti oʻrtasidagi bahs ham yakunlandi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yevropaliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni Jon Makginn 28-daqiqasida kiritdi.
Shu tariqa, Shotlandiya terma jamoasi "C" guruhida birinchi turdan soʻng yetakchilik qilmoqda. Guruhning ikkichi oʻyinida Braziliya va Marokash 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etgandi.
Jahon chempionati S guruhidan oʻrin olgan Braziliya va Marokash jamoalari ilk turda bir ochkodan qoʻlga kiritishdi.
Braziliya – Marokash 1:1
Gol: Ismoil Saybari 21, Vinisius Junior 32.
JCh-2026 "B" guruh 1-tur doirasidagi Qatar — Shveysariya oʻyinida durang qayd etildi.
Qatar — Shveysariya 1:1
Gollar: Bualem Xuxi (90+4) — Brel Embolo (17).
