Yakkasaroydagi koʻpqavatli uyda yongʻin yuz berdi
Binodagi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar kuzatilmagan.

Yakkasaroydagi koʻpqavatli uyda yongʻin yuz berdi.
Bugun, 13 iyun kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Nukus koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning tashqi qismi (fasad) yonayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga yetib borib, hozirda yongʻin oʻchirilgan.
Aytilgan manzilda koʻp qavatli uydagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Hodisa sabab jarohatlanganlar kuzatilmagan.
