Uch kun ichida Turkiyada 4 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
11 iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir boʻlgan YTHda 31 yoshli fuqaro va uning farzandi halok boʻlgan.

Soʻnggi uch kun ichida Turkiyada toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosining vafot etgani qayd etildi.
11 iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida vatandosh 31 yoshli A.H., uning turkiyalik turmush oʻrtogʻi va 2 oylik farzandi halok boʻldi.
12 iyun kuni Tuzla tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi natijasida 23 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi N.M. olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi.
Shuningdek, uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kurashib kelgan yana bir nafar 58 yoshli ayol bugun Istanbuldagi shifoxonalardan birida hayotdan koʻz yumdi.
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirgan. Konsulxona tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni Vatanga yuborish va boshqa zarur masalalar yuzasidan tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.
