Kanada magʻlubiyatdan qutilib qoldi, AQSh Paragvayni yer tishlatdi
Qoʻshma Shtatlar vakillari birinchi boʻlimda uchta gol urishga erishdilar.

JCh-2026 "B" guruh 1-tur doirasidagi Kanada — Bosniya va Gersegovina oʻyini boʻlib oʻtdi.
Unda mezbonlar ikkinchi boʻlimda urilgan gol evaziga magʻlubiyatdan qutilib qoldilar.
Kanada — Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: Kayl Larin (79) — Yovo Lukich (21).
Kanada: Krepo, Lari, Jonston, Kornelius, De Fujerol, Eushtakiu, Kone, Byukenen, Millar, Devid, Oluvaseyi.
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Dedich, Katich, Muxaremovich, Kolashinats, Taxirovich, Bashich, Memich, Bayraktarevich, Demirovich, Lukich.
"D" guruhidan oʻrin olgan AQSh va Paragvay oʻrtasidagi uchrashuv ham yakunlandi.
Birinchi boʻlimda mezbonlar uchta gol urishga erishdilar. AQSh safida Folarin Balogun dubl qayd etgan boʻlsa, yana bir golni Raul Bobadilya oʻz darvozasiga joylab qoʻydi. Ikkinchi boʻlimda esa mehmonlar futbolchisi Maurisio Prado bitta golga javob qaytardi.
Uchrashuvning soʻnggi soniyasida Jovanni Reyna hisobni yirik koʻrinishga keltirdi. Shu tariqa, uchrashuv 4:1 hisobida AQShning gʻalabasi bilan yakunlandi.
AQSh — Paragvay 4:1
Gollar: 7 - Raul Bobadilya (avtogol), 31 - Folarin Balogun, 45+5 - Folarin Balogun - 73 - Maurisio Prado, 90+8 - Jovanni Reyna.
