platina.uz
Jamiyat

AQShga yuborish evaziga 22 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

U mansabdor tanishlari orqali viza olib berish va buning uchun zarur boʻladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan. 

AQShga yuborish evaziga 22 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi 1969 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs poytaxtda istiqomat qiluvchi 2001 y.t. fuqaroning ishonchiga kirgan. U mansabdor tanishlari orqali uni Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishchi viza asosida yuborish va buning uchun zarur boʻladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 22 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Andijon viloyatida qayd etilgan holatda esa Izboskan tumanida yashovchi 1993 y.t. shaxs asakalik 26 yoshli fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali unga ishchi viza tayyorlatish hamda Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 1999 y.t. boshqa bir fuqaroni ham Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilib, pul olganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid