platina.uz
Jamiyat

Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻriladi

Amalda aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashishni tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. 

Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻriladi

Senatning yalpi majlisida “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, sanoat korxonalari soni oshishi, keng koʻlamli qurilishlar, shaharlarning kengayib borishi, transport vositalarining koʻpayishi kabi omillar tufayli aholining maishiy hayotida shovqinning salbiy taʼsiri ortib bormoqda.

Amalda esa aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Shovqinning zararli taʼsiri meʼyorlarini nazarda tutuvchi 7 ta sanitariya norma va qoida amal qilsa-da, qonunchilikda bu borada qatʼiy talablar belgilanmagan. Natijada ushbu sanitariya norma va qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi taʼminlanmayapti.

Bundan tashqari, qonunchilikda inson salomatligi uchun zarar keltiruvchi va ruxsat etilgan darajadan yuqori boʻlgan shovqinlarni keltirib chiqarayotgan obʼektlarni javobgarlikka tortish masalalari toʻliq va aniq belgilanmagan.

Shuningdek, davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning zararli shovqinga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha vazifa va funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ushbu Qonun bilan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yoʻl qoʻyilmaydigan vaqtlar oraligʻi, shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlovlariga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish borasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.

Soʻzga chiqqanlar Qonunning qabul qilinishi aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Muhokama yakunida senatorlar ushbu Qonunni maʼqulladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid