platina.uz
Jamiyat

Toshkentda ruhiy xasta fuqaro boshqaruvidagi Cobalt bir necha avtomobillarga zarar yetkazdi

Boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirishdan soʻng avtomashina gʻildiragiga oʻq uzish orqali toʻxtatilgan. 

Toshkentda ruhiy xasta fuqaro boshqaruvidagi Cobalt bir necha avtomobillarga zarar yetkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda oq rangli Cobalt rusumli avtomashina bir nechta transport vositalariga shikast yetkazganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni taxminan soat 21:34 larda 1982 yilda tugʻilgan R.Yu. (ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turuvchi) oʻzining boshqaruvidagi boʻlgan Cobalt rusumli avtomashinada Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda, oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻyib harakatlangan.

Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining toʻxtash haqidagi qonuniy talabiga boʻysunmasdan, harakatni davom ettirib, bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.

Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro tomonidan boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirishdan soʻng avtomashina gʻildiragiga oʻq uzish orqali toʻxtatilgan va keyingi noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Holat Toshkent shahar IIBB boshligʻi tomonidan nazoratga olingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid