platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi gʻalaba bilan tabrikladi

7 iyunda boʻlib oʻtgan saylovlarda Pashinyan partiyasi 49 foizdan oshiq ovoz oldi. 

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi gʻalaba bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga "Fuqarolik shartnomasi" partiyasining parlament saylovlarida gʻalaba qozongani munosabati bilan tabriknoma yoʻlladi.

Armenpress agentligining Armaniston Bosh vaziri devoniga tayanib xabar berishicha, tabrikda shunday deyilgan:

"Hurmatli Nikol Vovayevich, sizni Armaniston Respublikasida boʻlib oʻtgan navbatdagi parlament saylovlarida siz rahbarlik qilayotgan "Fuqarolik shartnomasi" partiyasining gʻalabasi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Saylov natijalari arman xalqining sizning ichki va tashqi siyosatingizga, jumladan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlaringizga boʻlgan yuksak ishonchining amaliy tasdigʻidir.

Ishonchim komilki, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali kelajakda oʻzaro manfaatli hamkorligimizni kengaytira olamiz.

Fursatdan foydalanib, sizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va masʼuliyatli davlat xizmatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shuningdek, doʻst Armaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman."

Eslatib oʻtamiz, 7 iyunda boʻlib oʻtgan saylovlarda Pashinyan partiyasi 49 foizdan oshiq ovoz oldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid