platina.uz
Jamiyat

"Qoʻyliq" bozori yonidagi shubhali mashinadan salkam 35 kg giyohvandlik moddalari topildi

DXX va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. 

"Qoʻyliq" bozori yonidagi shubhali mashinadan salkam 35 kg giyohvandlik moddalari topildi

34 kgdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qoʻyildi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi “Qoʻyliq” bozori yonida shubhali tarzda toʻxtab turgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashinada 1984 yilda Denov shahrida tugʻilgan, hozirda poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro ham borligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, avtomashina salonida boʻlgan yelim idish ichida 30 dona oʻramda jami 34 kg 610 gr ogʻir turdagi giyohvandlik vositalari, jumladan, 12 kg 960 gr “opiy” va 21 kg 650 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozim, bunday turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatimizga xorijdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid